"Urganchtransgaz" MChJ rahbarining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
29.10.2026
Joriy yil 28-oktabr kuni "Urganchtransgaz" MChJ direktori A.Aminov boshchiligida Xorazm viloyati Urganch shahri "Istiqlol" mahallasida navbatdagi rejali sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur mahallada sohaga oid murojaatlar soni ortib borayotganligi sababli, mavjud masalalarni bevosita joyida o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida qabul aynan ushbu hududda o‘tkazildi. Murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar uchun ochiqlik va shaffoflik prinsipi asosida tashkil etilgan tadbirda jamiyatning sohaviy mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolardan ish haqi miqdori kamligi bilan bog‘liq 2 ta masala yuzasidan murojaatlar kelib tushdi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani "Jasliq" mahallasida yashovchi 2 nafar fuqaro B.Uteshov va M.Alyanovlarning murojaatlari jamiyat direktori A.Aminov tomonidan atroflicha tinglanib, nazoratga olindi.
Qayd etilgan masalalarni qisqa muddatlarda o‘rganib chiqish, qonuniy va adolatli hal etish bo‘yicha mas’ullarga 15 kunlik muddat bilan aniq topshiriqlar berildi.
Murojaat belgilangan muddatda ko‘rib chiqilib, javobi muallifga yetkaziladi va cabinetpm2.gov.uz tizimiga kiritiladi.