“UTG training”da bilim va sport uyg‘unligi
Uztransgaz
12.09.2026
“O‘ztransgaz” AJning “UTG training” o‘quv markazida malaka oshirish kurslari davomida xodimlarning kasbiy bilimlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularning jismoniy faolligini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ham e’tibor qaratilmoqda.

O‘quv kurslarida ishtirok etayotgan xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur bellashuvlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarni sportga keng jalb etish hamda ular o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Sport musobaqalari ishtirokchilarga o‘z jismoniy imkoniyatlarini namoyon etish bilan birga, jamoa bo‘lib harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va umumiy maqsad sari intilish uchun imkon yaratadi. Bellashuvlarda natijaga erishish barobarida halol o‘yin, o‘zaro hurmat va jamoaviy mas’uliyat tamoyillari ham muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlar turli bo‘linmalardan kelgan xodimlarning yaqindan tanishishi, o‘zaro muloqotini kengaytirishi hamda hamjihatligini mustahkamlashiga xizmat qiladi. Birgalikdagi sport mashg‘ulotlari o‘quv jarayonini yanada mazmunli tashkil etish va ishtirokchilarning faol dam olishi uchun qulay imkoniyatdir.
.jpg)
.jpg)

Kasbiy tayyorgarlik va jismoniy faollikni uyg‘unlashtirish orqali xodimlarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmushga qiziqishini oshirish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.