jins

Uztransgaz

12.09.2026

“O‘ztransgaz” AJda xodimlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Jamiyatning 2026-yil uchun xodimlar malakasini oshirish reja-jadvaliga muvofiq, “UTG training” o‘quv markazida uchta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari boshlandi. 
photo_2026-09-11_22-28-35 (2).jpg
Jumladan, “Gaz taqsimlash stansiyalari operatorlari” va “Tarmoq quvur o‘tkazuvchilari” yo‘nalishlari bo‘yicha 120 soatlik hamda “Elektr uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish elektr montyorlari” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik o‘quv kurslari olib borilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari, elektr uskunalari va quvur tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlashda xodimlarning malakasi muhim o‘rin tutadi. Texnologik jarayonlarni puxta tushunish, uskunalardan foydalanish talablarini bilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish kundalik faoliyatning ajralmas qismidir. Shu jihatdan, malaka oshirish kurslari mutaxassislarning o‘z vazifalariga yanada puxta tayyorgarlik bilan yondashishiga xizmat qiladi. 
photo_2026-09-11_22-28-35 (3).jpg
Xodimlarning bilim va kasbiy salohiyatini muntazam rivojlantirish — malakali kadrlar tarkibini mustahkamlash, ish sifatini oshirish hamda gaz transporti tizimining xavfsiz va barqaror faoliyatini ta’minlashning muhim omilidir. 

Ro'yxatga qaytish