“UTG training” o‘quv markazida elektr payvandchilarining malakasi oshirilmoqda
Uztransgaz
28.10.2026
- “UTG training” o‘quv markazida elektr payvandchilarining malakasi oshirilmoqda
“O‘ztransgaz” AJning 2026-yil uchun xodimlar malakasini oshirish reja jadvaliga muvofiq, “UTG training” o‘quv markazida 5–6-razryadli “Elektr payvandchilari (attestatsiya)” yo‘nalishi bo‘yicha 40 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.
Kursning amaliy mashg‘ulotlari tasdiqlangan reja jadvali asosida olib borilmoqda. Tinglovchilar quyidagilarni amalda o‘zlashtirmoqda:
- zamonaviy payvandlash texnologiyalari;
- gaz quvurlari va metall konstruksiyalarni payvandlash usullari;
- payvand choklari sifatini nazorat qilish;
- mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari.
Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar rahbarligida, maxsus jihozlangan o‘quv ustaxonalarida o‘tkazilmoqda. Bu tinglovchilarga nazariy bilimlarini real ish sharoitiga yaqin muhitda mustahkamlash imkonini bermoqda.
Kurs xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlikni ta’minlash hamda korxonada malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.