jins

Uztransgaz

30.10.2026

Har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadi. “O‘ztransgaz” AJda ushbu kunga alohida e’tibor qaratilib, yosh xodimlar uchun turli tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi Yoshlar kuni doirasida, joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyatning yosh xodimlari uchun “Kiberxavfsizlikni ta’minlashda dolzarb muammolar va ularning oldini olish choralari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot berdi:

bugungi kunda kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb tahdidlar;
kiber hodisalarda inson omilining o‘rni;
kibergigiyena va kibermadaniyat qoidalari;
ijtimoiy muhandislik, shubhali havolalar va kvishing (QR-kod orqali firibgarlik);
OSINT xavfi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish.

Tadbir yakunida savollarga javob berilib, kibertahdidlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ro'yxatga qaytish