Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o'tkazildi.
Uztransgaz
21.07.2026
Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig'i K.E.Fayzullayev tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlari bilan ishlash maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi. Qabul jarayonida Narpay tumani „Xo'jaqo'rg'on“ MFY, Sohilbo'yi ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Ye.Isoqulova boshqarma boshlig'iga murojaat qildi. Fuqaro o'z murojaatida 2013 yilda kasb-hunar kollejini „Er usti transport tizimi“ mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan, biroq hozirgi kunga qadar bandligi ta'minlanmagan o'g'li O'.O.Ismoilovni ishga joylashtirish masalasida amaliy yordam so'radi.

Murojaat o'rganib chiqilib, fuqaroning mutaxassisligi bo'yicha boshqarmada mavjud bo'sh ish o'rinlari (vakansiyalar) yoki tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ishga joylashtirish choralarini ko'rish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Murojaatning ijrosi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.