Zirabuloq MGQBda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
Uztransgaz
21.07.2026
«O‘ztransgaz» AJ tizimidagi Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli KS-2 kompressor stansiyasida 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda stansiyaning unumdorligini oshirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xitoyning «Shandong Shengke Energy Technology Co., Ltd» kompaniyasi bilan 2025-yil 3-noyabrda imzolangan shartnomaga muvofiq, stansiya yuqori samarali elektr jihozlar bilan ta’minlandi. Jumladan:
🔹 1 dona STMP-4000-2 rusumli sinxron elektrodvigatel;
🔹 2 dona STDP-4000-2 rusumli sinxron elektrodvigatellar yetkazib berildi .
Ayni paytda, texnik modernizatsiya doirasida ushbu dvigatellardan 1 dona STDP-4000-2 rusumli sinxron dvigatel montaj qilinib, uni ishga tushirish arafasidagi sozlash ishlari olib borilmoqda .
Ushbu jarayonda xitoylik malakali mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish tashkil etilgan bo‘lib, ishlar belgilangan texnik reglament asosida olib borilmoqda.