30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Uztransgaz
30.06.2026

Hurmatli “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining aziz va qadrli yoshlari!
Sizlarni "30-iyun – Yoshlar kuni" munosabati bilan Jamiyat rahbariyati va butun jamoa nomidan samimiy muborakbod etadi.
Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchi – bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va Vatan ravnaqi uchun fidoyilik bilan mehnat qiladigan yoshlardir. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy qudrati va xalqimiz farovonligi sizlarning bilim va salohiyatingiz, mas’uliyatli mehnatingiz hamda ezgu intilishlaringiz bilan chambarchas bog‘liq.
Fursatdan foydalanib, yoshlarimizga o‘z bilim va tajribasini sidqidildan ulashayotgan ustozlarimizga, ko‘p yillik mehnati bilan sohamiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faxriylarimizga hamda korxonamizning barcha xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va yuksak zafarlar tilaymiz.
Qalbingizdagi ezgu orzular, bunyodkorlik ruhi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz hech qachon so‘nmasin.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!