Brifing
Uztransgaz
30.06.2026
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi, komplayens tizimini takomillashtirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Brifingda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish hamda ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida komplayens tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.