jins

Uztransgaz

09.10.2026

“Oʻztransgaz” AJ tasarrufidagi Gazli MGQBga qarashli DKS-5B kompressor stansiyasida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va ishonchli o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari bajarildi.

Jumladan, 300, 400 va 500-sonli gaz haydash agregatlarida o‘rnatilgan yozgi olinuvchi oqim qismlari (SPCh) qishki olinuvchi oqim qismlariga almashtirildi.

Mazkur ishlar gaz haydash agregatlarining sovuq mavsumda samarali va barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, tabiiy gazni uzluksiz transportirovka qilish hamda iste’molchilarga gaz yetkazib berish ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Ro'yxatga qaytish