jins

Uztransgaz

25.08.2026

 "O‘ztransgaz" AJning 2026-yil 14-avgustdagi 124-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi 937-sonli va 2026-yil 15-iyundagi 1153-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalarining mas’ul xodimlari uchun maxsus malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi mas’ul xodimlarning yer uchastkalari va ularda joylashgan bino-inshootlarga oid huquqlarni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish, mavjud yer maydonlari bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlash hamda tegishli hujjatlarni tayyorlash borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat.
photo_2026-08-25_15-26-58 (2).jpg
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga Kadastr agentligining “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimining imkoniyatlari va undan samarali foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi. Jumladan, tinglovchilar:
“E’tirof” AAT tizimida ishlash tartibi;
Yer uchastkalari va ularda joylashgan obyektlarni kadastr xaritalari orqali aniqlash;
Mavjud ma’lumotlarni tizimga kiritish va tekshirish;
Tegishli hujjatlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish;
Yer va ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlarni elektron tizim orqali yuritish kabi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
photo_2026-08-25_15-26-58.jpg
O‘quv jarayoni "UTG training" o‘quv markazida nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ishlash, kadastr xaritalaridan foydalanish va turli amaliy holatlar asosida zarur ma’lumotlarni aniqlash hamda hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari "O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalaridagi mas’ul xodimlarning sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yer uchastkalari hamda ularda joylashgan bino va inshootlarga oid huquqlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Ro'yxatga qaytish