ESG amaliyotda: “O‘ztransgaz” AJ xodimlari uchun trening
Uztransgaz
08.10.2026
6-oktabr kuni “O‘ztransgaz” AJ markaziy apparati xodimlari KPMG mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan ESG masalalariga bag‘ishlangan treningda ishtirok etdilar. Trening ikki qismdan — nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi. Birinchi qismda KPMG ekspertlari kompaniyalar uchun ESG tamoyillarini joriy etish nima uchun muhimligi, bu biznesga qanday afzalliklar berishi hamda ularni amalga oshirish jarayonida qanday majburiyatlar yuzaga kelishi haqida ma’lumot berdilar. Barqaror rivojlanish bilan bog‘liq moliyaviy bo‘lmagan hisobotlarni tayyorlash, ESG reytinglari va risklarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ikkinchi qism “ESG-monopoliya” biznes o‘yini shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilar amaliy tarzda barqaror rivojlanish sohasida investitsion qarorlar qabul qiluvchi rahbarlar rolida o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Ikki o‘yin yili davomida jamoalar ESG loyihalarini tanlash va amalga oshirish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini baholashlari kerak bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, ishtirokchilarning aksariyati gaz transporti kompaniyasi uchun eng muhim yo‘nalishlar qatorida metan sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish (LDAR) hamda magistral gaz quvurlari xavfsizligini ta’minlashni alohida ta’kidladilar. Trening yakunida xodimlar tadbir haqida ijobiy fikrlarini bildirishib, kelgusida ham shu kabi tadbirlarni tashkil etishga qiziqish bildirdilar. Bunday formatlar xodimlarning ESG tamoyillari bo‘yicha xabardorligini oshirish bilan birga, barqaror rivojlanish tamoyillari kompaniyaning kundalik faoliyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni bilan qanchalik chambarchas bog‘liq ekanini amaliy tarzda ko‘rsatishga xizmat qiladi.