jins

Uztransgaz

08.05.2026

Gazli MGQBda gaz haydash agregatlarining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda

​«O‘ztransgaz» AJ tizimidagi «Gazli» magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli 4-sonli kompressor stansiyasida (DKS-4) navbatdagi muhim texnologik jarayon amalga oshirilmoqda. Stansiyadagi gaz haydash agregatlarining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
​Xususan, ta’mirdan chiqarilgan AI-336-2-8 rusumli dvigatelni DKS-4 stansiyasining 6-sonli gaz haydash agregatiga o‘rnatish ishlari boshlandi. Hozirda mutaxassislar tomonidan dvigatelni montaj qilish va ishga tushirish oldi sozlash ishlari olib borilmoqda.

Возврат к списку