jins

Uztransgaz

09.10.2026

30-sentyabr kuni Gazli shahrida Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi PXG sexi operatori, boshqarma Xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Saidovaning Prezident xalq qabulxonasi orqali yo‘llagan murojaati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi L.Sharipova, Xodimlarni boshqarish departamenti boshlig‘i Sh.Boboyev, Gazli MGQB boshlig‘i U.To‘rayev hamda boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O‘.Sultonov ishtirok etdi. Murojaatda ko‘tarilgan ishlab chiqarish-maishiy sharoitlar, ijtimoiy masalalar va tashkiliy takliflar birma-bir muhokama qilindi.
Amalga oshirilgan ishlar:
✅ Sex va xizmatlarga 7 dona yangi konditsioner hamda 5 dona suv isitkich o‘rnatildi, 8 dona konditsioner ta’mirlandi. Yil yakuniga qadar yana 2 dona konditsioner va 3 dona muzlatkich, 2027-yilda esa yana 2 dona konditsioner xarid qilinadi.
✅ Ishchilar yotoqxonasiga kir yuvish mashinasi, suv isitkich va muzlatkich bilan ta’minlandi. Qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha hojatxona va yuvinish xonasi qurib berildi.
✅ Dush va hammomlar ta’mirlanib, 10 dona rakovina, 10 dona smesitel va 5 dona dush smesiteli o‘rnatildi. Sex va bo‘linmalarda ovqatlanish uchun sharoitlar bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
✅ Oqova suv tozalash inshootida ishlovchi xodimlar uchun vagon-uy o‘rnatildi, “DKS-5 B” EVS qozonxona operatorlari uchun alohida xona ajratilib, kapital ta’mirlanmoqda.
✅ 2026-yilda 7 ta sayohat va ekskursiya tashkil etilib, ularda 222 nafar xodim qatnashdi, jumladan Toshkentga 60 nafar va Samarqandga 60 nafar gazchilar ishtirok etdi.
✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi va Gazli shahrining 70 yilligi munosabati bilan ishchi-xodimlar va nafaqaxo‘rlarga jami 30 dona televizor sovg‘a qilindi.photo_2026-10-09_10-42-37 (3).jpgphoto_2026-10-09_10-42-37 (2).jpg
Davom etayotgan ishlar:
🔹 Oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazildi, pudrat tashkilotini jalb qilish jarayoni boshlangan.
🔹 Xotin-qizlar kengashi uchun shtat birliklari ochish taklifi hamda PXG sexi operatorlariga oid tashkiliy masala Jamiyat rahbariyati tomonidan alohida o‘rganilmoqda. Xodimlarning mehnat huquqlari to‘liq ta’minlanishi nazoratga olingan.
photo_2026-10-09_10-42-37 (4).jpgphoto_2026-10-09_10-42-49.jpgMurojaatdagi masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ro'yxatga qaytish