jins

Uztransgaz

24.06.2026

“Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi doirasida bugun “Oʻztransgaz” AJning ekologiya, sanoat va mehnat xavfsizligi, murojaatlar bilan ishlash hamda loyiha faoliyatiga bevosita aloqador boshqa tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ekologik va ijtimoiy masalalar (Environmental and Social – E&S) boʻyicha oʻquv-trening tashkil etildi.
Trening Jahon bankining ekologik va ijtimoiy masalalar boʻyicha mutaxassislari tomonidan olib borildi. Unda loyiha amalga oshirilishi jarayonida Jahon bankining Ekologik va Ijtimoiy Asoslari (Environmental and Social Framework – ESF), Ekologik va Ijtimoiy Standartlari (ESS) hamda ushbu standartlardan kelib chiqadigan talablar batafsil tushuntirildi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida ishtirokchilar ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot olib borish, murojaatlar va shikoyatlar bilan ishlash mexanizmlari, mehnat xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda loyihani amalga oshirish jarayonida xalqaro standartlarga rioya etish masalalari yuzasidan zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Shuningdek, loyiha doirasida “Oʻztransgaz” AJ tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan ekologik va ijtimoiy majburiyatlar, hisobot berish talablari hamda monitoring va nazorat mexanizmlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi Jahon banki koʻmagida amalga oshirilmoqda hamda uning asosiy maqsadi gaz uzatish tizimida metan chiqindilarini kamaytirish, tabiiy gaz yoʻqotishlarini qisqartirish va sohada zamonaviy boshqaruv hamda monitoring mexanizmlarini joriy etishdan iborat.



Ro'yxatga qaytish