jins

Uztransgaz

24.06.2026

“O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi “Urganchtransgaz” UK direktorining birinchi o‘rinbosari S.B.Xudaybergenov tomonidan 2026-yilning 2-iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi shaxsiy qabulda 2 nafar fuqaro jumladan, Qo‘ng‘irot tumani, Qirqqiz ShFY, 3-uy, 13-xonadonda yashovchi fuqaro Jumabaeva Gulmira Urazimbetovnaning qizi E.Jabbarberganovani Aqchaloq magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi og‘zaki murojaati, shuningdek Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Chobolonchi MFY, Jo‘shqin ko‘chasi, 43-uyda yashovchi fuqaro Kamalov Shoxruxbek Po‘latboy o‘g‘lining korxonaga ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi og‘zaki murojaati qabul qilingan.
Murojaat mualliflariga huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilinishi ta’minlangan. 
Bundan tashqari, korxona direktori v.b. G‘.B.Jumaniyazov tomonidan 2026-yilning 23-iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi shaxsiy qabulda Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Shirsholi MFY, Oltintuproq ko‘chasi, 15-uyda yashovchi fuqaro Quramboev Jamoladdin Erkinboy o‘g‘lining korxonaga ishga joylashishida amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi og‘zaki murojaati qabul qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan ham tegishli mutaxassislar tomonidan huquqiy ma’lumot berilib hal qilingan.
Shaxsiy qabullar davom etmoqda.


Ro'yxatga qaytish