Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning rahbar va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabuli davom etmoqda.
Uztransgaz
03.07.2026
Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning rahbar va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabuli davom etmoqda.
Xalq bilan muloqot va murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish rejasiga asosan joriy yilning 22-iyun kuni Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbari Sh.Haqulov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Navbatdagi shaxsiy qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Jumladan, Buxoro viloyati, Romitan tumani, Bog‘iturkon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ismoilova Malohat Yusufovna qo‘shnilari nomidan murojaat qilib, u o‘z murojaatida yashash xonadonlari yuqori bosimli magistral gaz quvurlari himoya zonasida joylashganligi sababli yashash xonadonlarini himoya zonasidan chiqarilishiga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, natijasi yuzasidan qonunda belgilangan muddatda yozma ravishda javob xati yuborilishi to‘g‘risida murojaat muallifiga tushuntirilgan.
Shuningdek, Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida boshqarma boshligʻi Ahadov Elmurod Sindarovich tomonidan 2026 yilning 29 iyun kuni navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi.
Shaxsiy qabulda Jizzax viloyati, G'allaorol tumani, Oqtom MFY, 183-uyda yashovchi fuqaro Qoʻshaqov Ramazon Xudoyberdi oʻgʻlining murojaati tinglangan.
Fuqaro Qoʻshaqov Ramazon Xudoyberdi oʻgʻli o‘z murojaatida uni G'allaorol MGQBga ishga kirishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

Shaxsiy qabullar davom etmoqda.