jins

Uztransgaz

09.07.2026

Jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli davom etmoqda.

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 8 iyul kuni “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Askar Sharifjonovich Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabulda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Salar MFY, Nukus ko‘chasi, 21-uyda istiqomat qiluvchi Akmal Sirojiddinovich Ziyaev qatnashib, u o‘z murojaatida “Surxon-Sardoba” MCHJga qarashli AGTKSH “Surxon Sardoba” gaz taqsimlash stansiyasi orqali tabiiy gaz bilan taʼminlanishini, AGTKSHni sanoat kollektoriga chiqarish va GTSni havfsiz hududga ko‘chirish ishlarini bajarish uchun muddat berishni so‘ragan.
Fuqaro Akmal Sirojiddinovich Ziyaevning murojaatidagi masalasi eshitildi hamda murojaati ijobiy hal qilinib unga AGTKSHni sanoat kollektoriga chiqarish va GTSni havfsiz hududga ko‘chirish ishlarini bajarishi uchun bir oy muddat vaqt berildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

Ro'yxatga qaytish