jins

Uztransgaz

08.07.2026

2026-yil 3-iyul kuni "UzAssets" AJ, Osiyo taraqqiyot banki va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamkorligida tashkil etilgan ESG o'quv dasturining ilk bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'ztransgaz" AJ xodimlari ham qatnashib, dasturni muvaffaqiyatli yakunlagani uchun sertifikat qo'lga kiritishdi.
Dastur davlat korxonalarining investorlar ishonchini oshirish, xalqaro bozorlarga (jumladan IPO va xususiylashtirish orqali) chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek ESG xavflarini boshqarish va xalqaro standartlarga mos hisobot sifatini oshirish maqsadida yo'lga qo'yilgan.
"O'ztransgaz" AJ ESG yo'nalishidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlashni ustuvor vazifa sifatida davom ettirmoqda.
#UzTransgaz #ESG #Sustainability
IMG_6248.JPGIMG_6384.JPGIMG_6420.JPGIMG_6411.JPGIMG_6531.JPGIMG_6611.JPGIMG_6617.JPGIMG_6667.JPG

Ro'yxatga qaytish