KASBIY BILIM VA MAHORATNI OSHIRISH — BARQAROR FAOLIYAT ASOSI
Uztransgaz
12.08.2026
“O‘ztransgaz” AJda xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jamiyatning 2026-yil uchun tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, “UTG training” o‘quv markazida qozonxona operatorlari hamda tarmoq quvurlari kuzatuvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurslarning asosiy maqsadi — xodimlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish uskunalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, texnologik jarayonlarni belgilangan talablar asosida olib borish hamda mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida malakali o‘qituvchi va soha mutaxassislari ishtirokida olib borilmoqda. O‘quv jarayonida xodimlarning faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik va xavf-xatarlarning oldini olish, mas’uliyatli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda ish jarayonining uzluksizligini ta’minlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday malaka oshirish kurslari xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, Jamiyat faoliyatining barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.