jins

Uztransgaz

07.04.2023

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan yangi tahrirda Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilindi. Qonun 30 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi. Referendum o‘zi nima? Yangi tahrirdagi O‘zbekiston konstitutsiyasiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda? 

"O‘ztransgaz" AJda o‘tkazilgan davra suhbatida shu kabi savollarga javob izlandi. O‘zMu dotsenti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi To‘lqin Eshbek ishtrokidagi tadbirda Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartishlar, yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Ushbu muhim va yirik siyosiy tadbirda qatnashish har birimiz uchun sharaf ekanligi taʼkidlandi. 
Referendum - fuqarolarning davlat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrlarini bevosita bildirishlaridir.






Возврат к списку