Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

15.08.2022

Muborak MGQBda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 10-avgust kuni Muborak Magistral gaz quvurlari boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda jamoatchilik rolini oshirish davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Muborak MGQB mutasaddilari, bo‘lim boshliqlari va ishchi-xizmatchilari qatnashdi. Yig‘ilishda MGQB komplayens-ichki nazorat yetakchi mutaxassisi G‘.O‘roqov ma’ruza qildi. 

Unda davlat rahbariyati tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida bir nechta farmon va qarorlar, qator hujjatlar qabul qilinayotgani ta’kidlandi. 

Qayd etish kerak, 2022-yilning 10-iyun kuni «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan «O‘ztransgaz» AJda korruptsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» 46-sonli Buyruq imzolangan. 

Davra suhbati chog‘ida PQ-240-son qarorning mazmun va mohiyati ham tushuntirildi.

Ro'yxatga qaytish