Mehnat faxriylariga ehtirom va e’zoz
Uztransgaz
16.10.2026
“O‘ztransgaz" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis M.Raxmonov, Personal bilan ishlash departamenti boshlig‘i Sh.Boboyev hamda Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i SH.Haqulov tomondan korxona ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida 25 yildan ortiq vaqt davomida sidqidildan mehnat qilib, o‘zining munosib hissasini qo‘shgan hamda bugun faxrli nafaqa yoshiga kuzatilgan elektr montyor A.Haydarov va GTS operatori E.Qaxxorovlarga chuqur minnatdorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ko‘p yillik halol mehnati, fidoyilik va kasbga sadoqatining munosib e’tirofidir. Zero, boshqarmalarimizning bugungi yutuqlari va taraqqiyotida mehnat faxriylarining ulkan hissasi, boy tajribasi va zahmatli mehnati mujassam.
Mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik yosh avlodni mehnatsevarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sizlarning mehnatingiz tufayli sizlarga bo‘lgan hurmatimiz cheksiz!