Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

03.10.2024


“Nukus-2” tarmoq gaz quvuri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri aholisi hamda ulgurji isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Kuz-qishga tayyorgarlik doirasida mazkur quvur taʼmirlandi.

"Urganchtransgaz" UK xodimlari tomonidan qariyb 17 kilometrni tashkil qiluvchi mazkur gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirilib gidro sinov ishlari o‘tkazildi. Tadbir natijasida quvurning ishchi bosimi 1,5 barobarga oshirildi. Ayni paytda quvur tarmoqqa ulanib ishga tushirilgan.



Ro'yxatga qaytish