O‘zbekiston BRICS davlatlari Yoshlar sammitida ishtirok etmoqda
Uztransgaz
20.08.2026
2026-yil 19-avgust kuni, Hindistonning Gujarat shtatida BRICS Yoshlar sammiti va BRICS Yoshlar kengashi yig‘ilishining rasmiy dasturi boshlandi.
Tadbir 18–21-avgust kunlari Ahmedabad va Gandhinagar shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Unda BRICS davlatlari hamda hamkor mamlakatlarning yoshlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur xalqaro nufuzli tadbirda faol ishtirok etib, mamlakatimiz yoshlarining salohiyati, tashabbuslari va ilg‘or g‘oyalarini xalqaro maydonda namoyish etmoqda.
Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi ham O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etmoqda. Bu, o‘z navbatida, energetika sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarning xalqaro hamkorlik va tajriba almashish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Sammit doirasida yoshlar uchun muhim bo‘lgan bir qator yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda:
✅ Ta’lim, tadbirkorlik va kelajakka tayyorgarlik
✅ Inklyuziv rivojlanish va yoshlar farovonligi
✅ Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat
✅ Xalqlararo hamkorlik va yoshlar faolligi
Shuningdek, dastur doirasida yoshlar yetakchiligi bo‘yicha interaktiv seminar, ikki tomonlama uchrashuvlar, madaniy dasturlar va networking tadbirlari tashkil etilmoqda.
BRICS Yoshlar sammiti — turli mamlakatlarning faol va tashabbuskor yoshlarini birlashtiruvchi, tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiluvchi muhim xalqaro platformadir.

O‘zbekiston yoshlari — yangi g‘oyalar, katta imkoniyatlar va yorqin kelajak sari!