jins

Uztransgaz

11.08.2026

Joriy yil 7-avgust kuni jamiyat boshqaruvi raisi tashabbusi bilan Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmalari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
photo_2026-08-10_18-51-38.jpg
Mazkur seminar Komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Ismatov hamda yetakchi mutaxassis M. Matkarimov boshchiligida o‘tkazildi.
 Seminar davomida:
“O‘ztransgaz” AJ tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi siyosatning mazmun-mohiyati
-korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari
-ichki nazorat tizimlari va mexanizmlarini takomillashtirish
-manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
-moliyaviy intizomni mustahkamlash
-ish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash
kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalish davlat va jamiyat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

photo_2026-08-10_18-51-39.jpg
Eslatma: Korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish maqsadida 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xodimlar ushbu raqam orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ro'yxatga qaytish