“O‘ztransgaz” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
09.10.2026
2026-yil 7-oktabr kuni “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoatchilik kengashi raisi L. Sharipova raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jamiyat gaz transport tizimining faoliyati, magistral gaz quvurlari va kompressor stansiyalarining texnik holati, shuningdek, gazni yer ostida saqlash inshootlarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.
Ta’kidlanganidek, gaz taqsimlash va gaz o‘lchash stansiyalarida texnik ko‘rik, ta’mirlash va profilaktika ishlari olib borildi. Kompressor stansiyalarida gaz haydash agregatlari hamda yordamchi uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatildi, ayrim gaz turbinali dvigatellar kapital ta’mirdan chiqarilib, tegishli stansiyalarga o‘rnatildi.
Shuningdek, magistral gaz quvurlarining nuqsonli qismlarini almashtirish, quvurlarni tozalash, izolyatsiya va tayanch konstruksiyalar holatini tekshirish, gidravlik va pnevmatik sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Gazni yer ostida saqlash inshootlarining kuz-qish mavsumida ishonchli ishlashini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2026-yilda yer osti gaz omborlarida jami 5 milliard kub metr gaz zaxirasini yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, yig‘ilishda taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, hisobot sanasida qariyb 3,6 milliard kub metr tabiiy gaz jamlangan.
Muhokamalar davomida Jamoatchilik kengashi a’zolari gaz transport tizimining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish obyektlarining texnik holatini muntazam nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.
Shu bilan birga, Jamiyat tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, texnik yangilanishlar va erishilayotgan natijalar to‘g‘risida jamoatchilikka ochiq va muntazam axborot berib borish yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida gaz transport tizimi hamda gazni yer ostida saqlash inshootlarining ishonchli, barqaror va xavfsiz faoliyatini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.