jins

Uztransgaz

23.11.2026

Lavozim nomi: Markaziy buxgalteriya bosh mutaxassisi (ijroiya apparati)

Malakaviy talablar:

- Iqtisodiyot, audit yoki moliyaviy menejment mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek, buxgalteriya yoki iqtisodiyot sohasida kamida 2 yillik mehnat staji yoxud xalqaro auditorlik korxonalarida kamida 1 yillik ish staji.

Qo‘shimcha talablar:

- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish;
- Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lish:
- Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA);
- Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA);
- Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA);
- Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR).

Ish sharoitlari:

Ish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi
Ish rejimi: dushanba – juma, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (dam olish kunlari: shanba va yakshanba)
Oylik ish haqi: 14 700 000 so‘m
Mehnat shartnomasi: qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati bilan 1 yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi

Hujjat topshirish tartibi:

Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 27-noyabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 202-10-60 (ichki: 12403), dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.

Ro'yxatga qaytish