jins

Uztransgaz

23.11.2026

Lavozim nomi: Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- Moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, investitsiyalar, menejment yoki turdosh yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;
- Qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, korporativ aktivlar yoki moliyaviy bozorlar bilan bog‘liq sohada kamida 3 yillik ish tajribasi, shundan kamida 1 yil boshqaruv lavozimida;
- Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlarning asosiy xususiyatlari hamda jarayonlarini amaliy jihatdan tushunish;
- Qimmatli qog‘ozlar portfelining daromadliligi va risklarini baholay olish;
- Moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish va emitentning moliyaviy holatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni baholay olish;
- Sohaga oid normativ-huquqiy hamda ichki me’yoriy hujjatlarni bilish.

Kasbiy ko‘nikmalar:

- Qimmatli qog‘ozlar portfelini yuritish yoki aktivlarni baholash tajribasi;
- Moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tahlil qilish ko‘nikmasi;
- Excel dasturida ma’lumotlar bilan ishlash, jadvallar va hisob-kitoblarni mustaqil tayyorlash hamda tahlil qila bilish;
- Hujjatlar bilan tizimli ishlash va ma’lumotlarning aniqligini nazorat qilish;
- O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid asosiy normativ talablarni bilish;
- Tahliliy (analitik) fikrlash va raqamlar bilan ishlash qobiliyati;
- Mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
- Jamoani boshqarish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va belgilangan muddatlarga rioya etilishini ta’minlash qobiliyati;
- Mas’uliyatli yondashuv, ishchanlik va muloqot madaniyati;
- Davlat va rus tillarini mukammal bilish hamda ish yuritish qobiliyati;
- Ingliz tilini bilish ma’qullanadi.

Asosiy vazifalar:

- Qimmatli qog‘ozlar va kompaniya aktivlari bilan bog‘liq operatsiyalarni tashkil etish hamda nazorat qilish;
- Qimmatli qog‘ozlar portfeli va aktivlar holatini tahlil qilish, mavjud risklarni baholash;
- Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, sotish va boshqa operatsiyalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar harakati bo‘yicha hisob-kitoblar, hisobotlar hamda tahliliy ma’lumotlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;
- Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘zgarishlarni kuzatib borish va ularning kompaniya aktivlariga ta’sirini baholash;
- Jamiyatning qimmatli qog‘ozlari, aksiyadorlar reyestri, dividend siyosati va emitent sifatidagi faoliyatiga oid ishlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
- Jamiyat aksiyadorlari reyestri, aksiyalar hisobi, aksiyadorlar tarkibi va ulushlariga oid ma’lumotlarni yuritishni tashkil etish;
- Dividendlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish;
- Rahbariyat uchun qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar hamda takliflar tayyorlash;
- Bo‘limning joriy va istiqbolli ish rejalarini shakllantirish;
- Jamiyatning elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
- Boshqa tashkilotlar va hamkorlar bilan ishlash;
- Boshqa vazifalar.

Ish sharoitlari:

Ish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi
Ish rejimi: dushanba – juma, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (dam olish kunlari: shanba va yakshanba)
Oylik ish haqi: 17 000 000 so‘m
Mehnat shartnomasi: qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati bilan 1 yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi

Hujjat topshirish tartibi:

Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 27-noyabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 202-10-60 (ichki: 12403), dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.

Ro'yxatga qaytish