jins

Uztransgaz

30.06.2026

"O'ztransgaz" AJ ilk bor ISSB standartlari asosida tayyorlangan ESG-hisobotini e'lon qildi
"O'ztransgaz" AJ har yili o'z faoliyati yuzasidan ESG-hisobot tayyorlab kelmoqda. Biroq bu yilgi hisobotning o'ziga xosligi shundaki, u birinchi marta xalqaro ISSB (International Sustainability Standards Board) standartlari — IFRS S1 va IFRS S2 — talablariga to'liq mos holda ishlab chiqildi. Hisobot rasmiy veb-saytda e'lon qilindi.
Hisobot xalqaro IFRS S1 "Barqaror rivojlanish bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarni oshkor qilish bo'yicha umumiy talablar", IFRS S2 "Iqlim bilan bog'liq oshkoralik" standartlari, shuningdek SASB (Oil & Gas – Midstream) tarmoq ko'rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan bo'lib, Jamiyat faoliyatining quyidagi yo'nalishlaridagi natijalarni qamrab oladi:
🌱 atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
🦺 mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi
🌍 iqlim o'zgarishi va issiqxona gazlari chiqindilarini boshqarish
⚡️ energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
💰 iqtisodiy natijadorlik
Hisobotning nashr etilishi Prezidentimizning barqaror rivojlanish va ESG sohasidagi topshiriqlari, shuningdek Jamiyatning xalqaro ESG-reyting olish bo'yicha strategik maqsadi doirasida amalga oshirilmoqda.
📄 Hisobot bilan to'liq tanishish mumkin: [havola]
#Uztransgaz #ESG #BarqarorRivojlanish #ISSB #Hisobot2025

Ro'yxatga qaytish