Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

20.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida kelib tushayotgan har bir murojaat Jamiyat rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olinib, tizimli ravishda o‘rganib chiqilmoqda.
Xususan, joriy yilning 12-avgust kuni «O'ztransgaz» AJ boshqaruv raisi (v.b.) Askar Isakov boshchiligida Videokonferensaloqa (VKS) orqali navbatdagi shaxsiy qabul bo'lib o'tdi. Qabul davomida fuqaroning bandlik masalasidagi murojaati ko‘rib chiqildi. Muloqot natijasiga ko‘ra, fuqaroga Qo‘ng‘irot TSTB ma’muriy-xo‘jalik guruhi xizmat xonalari farroshi vazifasida vaqtincha faoliyat yuritish taklifi bildirildi.
Murojaat etuvchining ushbu lavozimga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi ijobiy hal etildi. Jamiyatning buyrug‘i bilan fuqaro asosiy xodim bola parvarishi ta’tilidan qaytguniga qadar mazkur lavozimga vaqtincha ishga qabul qilindi.
photo_2026-08-19_17-06-22 (3).jpgphoto_2026-08-19_17-06-22 (2).jpg
Shuningdek, 18-avgust kuni “Urganchtransgaz” UK Direktorining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xudaybergenov Sanjar Baxtiyarovich tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabulda Xorazm viloyati, Xiva tumani, “Gulshan” MFY, Baraka ko‘chasi, 105-uyda yashovchi fuqaro Babajanov Umidbek Sultanmuratovich korxona tizimiga ishga kirishda amaliy yordam so‘rab og‘zaki murojaat qildi. Murojaatchi bugungi kunga qadar “Interinjiniring” korxonasida uchastka boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotganligini, biroq ancha vaqtdan buyon oylik ish haqlari berilmayotganligi sababli “Urganchtransgaz” UK tizimiga ishga kirish istagini bildirgan.photo_2026-08-19_17-06-22 (4).jpgphoto_2026-08-19_17-06-22 (5).jpg
«O‘ztransgaz» AJ Boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov tomonidan fuqarolarni shaxsiy qabul qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda, 19-avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi shaxsiy qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani, «Qumbiz» MFY, Yu.Sharipov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Uzaqov Jaras Dar'yabayevichning murojaati tinglandi.
Fuqaro o‘z murojaatida «Urganchtransgaz» UK Qo‘ng‘irot texnologik suv bilan ta'minlash boshqarmasiga haydovchilik vazifasiga ishga kirishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat atroflicha o‘rganilib, mazkur masalani amaldagi mehnat qonunchiligi va ichki tartib-qoidalar asosida, qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish yuzasidan «Urganchtransgaz» UK rahbariga aniq topshiriqlar berildi.
photo_2026-08-19_17-06-23.jpgphoto_2026-08-19_17-06-23 (2).jpgFuqaroning murojaati rahbariyat tomonidan atroflicha tinglanib, qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va korxonadagi mavjud vakant lavozimlarni taklif etish yuzasidan mas'ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
«O‘ztransgaz» AJ tizimdagi har bir murojaatni qonun doirasida va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.     


Ro'yxatga qaytish