jins

Uztransgaz

13.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun mohiyatidan kelib chiqib, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibiy bo‘linma va tashkilotlari ishtirokida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, tarix fanlari doktori F.Ernazarov “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros”, “Inson qadri - 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: Erkinlik, bilim, sog‘liq va yoshlar” haqida ma’ruza qildi.

Bundan tashqari seminar ishtirokchilariga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik hamda “O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan” nomli videoroliklar namoyish etildi.

Ro'yxatga qaytish