Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

14.03.2022

Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Jamiyat boshqaruv apparati va tizim korxonalarining 155 nafar faol ishchi-xodimi ishtirok etdi. Tadbirning birinchi kuni Xudoyorxon o‘rdasi me’moriy yodgorligiga va Hamza Hakimzoda Niyoziyning uy-muzeyiga sayohat tashkil etildi. Ishtirokchilar Hamza nomidagi Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida ham bo‘lishdi. 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan Forumning rasmiy ochilish marosimida tashkilotchilarning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama ko‘maklashish, joylarda  xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Prezident tomonidan imzolangan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorining mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratildi.  

Ishchi-xodimlarning madaniy hordiq chiqarishi maqsadida tashkil etilgan forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar Rishtondagi Xalqaro kulolchilik markazida bo‘lishdi, Namangan shahriga sayohat qilishdi. Anjuman bayram dasturi bilan davom etdi. 

Ro'yxatga qaytish