“O‘ztransgaz” AJ xodimlari toza vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro treningda ishtirok etdi
Uztransgaz
25.08.2026
Joriy yilning 20–21-avgust kunlari Toshkent shahrida Global Green Growth Institute (GGGI) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda “Clean Hydrogen for Uzbekistan” loyihasi doirasida toza vodorod bo‘yicha ikki kunlik malaka oshirish seminari va fokus-guruh muhokamalari tashkil etildi.
Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari ham ishtirok etib, vodorod ishlab chiqarish texnologiyalari va qiymat zanjiri, uni saqlash va transport qilish infratuzilmasi, tartibga solish mexanizmlari, loyihalarni moliyalashtirish, ekologik va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
.jpg)
.jpg)
Seminarning muhim qismlaridan biri O‘zbekistonning Milliy toza vodorod yo‘l xaritasini ishlab chiqishga bag‘ishlandi. Fokus-guruh muhokamalarida ishtirokchilar yo‘l xaritasining asosiy yo‘nalishlari, mavjud institutsional, huquqiy, infratuzilmaviy va bozor masalalari yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
.jpg)
Tadbir yakunida seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan “O‘ztransgaz” AJ xodimlariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari ham ishtirok etib, vodorod ishlab chiqarish texnologiyalari va qiymat zanjiri, uni saqlash va transport qilish infratuzilmasi, tartibga solish mexanizmlari, loyihalarni moliyalashtirish, ekologik va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar..jpg)