jins

Uztransgaz

08.10.2026

Joriy yil 7-oktyabr kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlarini tinglash, muammolarga qonuniy yechim topish va ijtimoiy ahamiyatga ega mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.photo_2026-10-08_12-12-15.jpg
Jumladan, qabulga Ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi “Kumush orzular” MChJ vakili O‘lmasoy Xolboyeva tashrif buyurdi. U korxonada ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlari, xususan, maxsus kiyim-boshlarni Jamiyat ehtiyojlari uchun xarid qilish masalasida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.
photo_2026-10-08_12-12-14.jpg
Murojaatni har tomonlama va xolis o‘rganish maqsadida Boshqaruv raisi tomonidan Jamiyatning Xaridlar va kooperatsion aloqalar departamenti hamda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu departamentlar vakillaridan iborat ishchi guruh yaqin kunlarda korxonaga borib, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot sifatini joyida o‘rganadi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahsulotlarning sanoat xavfsizligi standartlariga muvofiqligi baholanadi hamda ularni amaldagi qonunchilik doirasida xarid qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Ro'yxatga qaytish