jins

Uztransgaz

20.08.2026

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bayramini betalofat o'tkazish hamda strategik obyektlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o'tgan 125-sonli yig'ilish bayoni va "O'ztransgaz" AJning 113-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
photo_2026-08-20_15-23-44 (2).jpg
Mashg'ulotning asosiy maqsadlari:
• Ishchi-xizmatchilarning xushyorligi va mas'uliyatini oshirish;
• Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimlari (FVDqT) xizmatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
• Kutilmagan avariya yoki favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish ko'nikmalarini sinovdan o'tkazish.
Natija: Olib borilgan amaliy harakatlar yakunida Kogon MGQB fuqaro muhofazasi tuzilmalari yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etishga tayyor deb baholandi.
photo_2026-08-20_15-28-59.jpgBizning maqsad — aholi va tarmoqlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz hamda xavfsiz ta'minlash!

Ro'yxatga qaytish