“O‘ztransgaz” AJning tezkor shtabi aholi murojaatlarini joyida o‘rganmoqda
27.10.2026
Xususan, ishchi guruh tomonidan “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootining autsorsing tizimiga o‘tkazilgan ish o‘rinlarida faoliyat yuritayotgan 19 nafar qorovullik qo‘riqlash xizmati xodimlarining murojaatlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan tizimli muammolarni qonuniy hal etish va fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
So‘nggi yangiliklar
26.10.2026
Samarqandda energetika va transport infratuzilmasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi
Samarqandda energetika va transport infratuzilmasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi
“Energetika va transport infratuzilmasi” mavzusidagi ushbu nufuzli tadbirga “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shohjahon Safarov moderatorlik qildi.
O‘zbekiston, AQSH va Qozog‘iston hukumati hamda biznes doiralari vakillari ishtirokidagi Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari U.Mamadaminov, AQSHning Dehlidagi elchixonasi katta xodimi J.Koronado, shuningdek, Qozog‘iston Energetika va Transport vazirliklari vakillari ham qatnashishdi.
Ochiq muloqot va muhokamalar markazida mintaqaviy taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan:
- O‘zbekistonning Yevrosiyo markazidagi zamonaviy transport va logistika habiga aylanishi;
- Energetika sohasini modernizatsiya qilish, energetik o‘tish (energy transition) va yangi investitsiyaviy imkoniyatlar kabi masalalar bo‘ldi.
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Safarov o‘z so‘zida energetika va transport iqtisodiyotning shunchaki tarmoqlari emas, balki mamlakatlar va butun mintaqaning taraqqiyoti, savdosi va farovonligini ta’minlovchi qon tomirlari ekanligini alohida ta’kidladi.
Rasmiy chiqishlardan so‘ng, ishtirokchilar aniq loyihalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida B2B va B2G formatlaridagi uchrashuvlarni davom ettirdilar.