jins

Uztransgaz

08.10.2026

“O‘ztransgaz” AJ jamoasi hamkasbimiz Akbarov Abduvoxob G‘ulomjon o‘g‘lini faxriy dam olishga samimiy kuzatdi.
 
Abduvoxob G‘ulomjon o‘g‘li umrining qariyb 40-yilini mehnatga bag‘ishladi. Turli sohalarda to‘plagan tajribasi va kasbiy mahorati uni har bir ishga puxta yondashadigan, ishonchli mutaxassis sifatida tanitdi.
 
Uning “O‘ztransgaz” tizimidagi yo‘li 2013-yilda boshlangan. Avval Jamiyat texnik ishlab chiqarish xizmatining energetika va energiyani tejash guruhida elektrkimyoviy himoyalash bo‘yicha muhandis bo‘lib ishladi. So‘ngra devonxona va Ishlarni boshqarish bo‘limida turli vazifalarda ishladi. 2023-yil noyabridan esa Loyiha ofisi Xaridlar transformatsiyasi guruhi menejeri sifatida faoliyat yuritdi.
 
Hurmatli Abduvoxob Akbarovga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzli va mazmunli kunlar, yaqinlari davrasida uzoq va baxtli umr tilaymiz!photo_2026-10-08_12-03-48.jpg

Ro'yxatga qaytish