Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

01.06.2023

Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Ularning shirin so‘zi, go‘zal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz. Bunday baxtga nogironligi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari ham haqli. “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun xayriya aksiyasi tashkil etildi. Tashabbus Jamiyat xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va bolalar uchun o‘quv qurollari, badiiy kitoblar, sport anjomlari hamda o‘yinchoqlar yig‘ildi.

Aksiya yakunida bolajonlarning o‘qishi, rivojlanishi, maroqli dam olishi uchun asqotadigan hadiyalar poytaxtimizdagi 103-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilariga sovg‘a qilindi.






Ro'yxatga qaytish