Your license has expired. This site will stop functioning in two weeks. Renew your license now АО "УЗТРАНСГАЗ"

jins

Uztransgaz

27.01.2022


     Xo‘jaobod GYOSI Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi muhim ob'yekt hisoblanadi. Inshootga 2 ta tarmoqdan elektr energiyasi yetkazib beriladi. 25-yanvar kuni elektr tarmog‘ida kuzatilgan uzilishlar vaqtida zaxira  generatorlari yordamida faoliyat davom ettirildi. Tungi soat 02:30 larda elektr taʼminoti izga tushdi, 26-yanvar kuni soat 08:30dan 15:30 ga qadar yana o‘chish kuzatildi. Shunga qaramay Xo‘jaobod GYOSI generatorlar yordamida to‘liq quvvat bilan ish faoliyatini davom ettirdi. Hozirda inshoot to'liq quvvat bilan ishlamoqda.



Ro'yxatga qaytish