Xotira va qadrlash — inson qadrini ulug‘lashdir
Uztransgaz
08.05.2026
Xotira va qadrlash — inson qadrini ulug‘lashdir
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘ztransgaz” AJ Ijroiya apparati kasaba uyushmasi tomonidan jamiyatda ko‘p yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan pensionerlar holidan xabar olindi.
Tashriflar davomida faxriylarga mehr-e’tibor ko‘rsatilib, ularning duo va ezgu tilaklari tinglandi. Ularning soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik mehnati va boy hayotiy tajribasi bugungi yosh avlod uchun ibrat ekani alohida ta’kidlandi.
“O‘ztransgaz” AJda inson qadrini ulug‘lash, keksa avlod vakillarini e’zozlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, Xotira va qadrlash kuni kabi ezgu sanada nuroniylar holidan xabar olish, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos yuksak insoniy qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, barcha nuroniylarimizga mustahkam sog‘liq, xotirjamlik va uzoq umr tilaymiz.