Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!
Uztransgaz
06.07.2026
Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!
Yangi O‘zbekistonda ma’naviy yetuk, zamonaviy bilim va yuksak intellektga ega yoshlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning mutolaa orqali bilim va tafakkurini boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Mutolaa" raqamli kutubxonasiga bir yillik obuna xarid qilindi.
Mazkur loyiha doirasida "30-iyun – Yoshlar kuni" munosabati bilan "O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalari yosh xodimlariga elektron kitoblardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. Endilikda yoshlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, motivatsion hamda kasbiy adabiyotlarni istalgan vaqtda mutolaa qilishlari mumkin.
Mutolaa – bu nafaqat bilim manbai, balki tafakkur, dunyoqarash va liderlik fazilatlarini shakllantiruvchi muhim omildir. Kitob o‘qigan insonning fikrlashi teran, qarashlari keng, maqsadlari aniq bo‘ladi.
Ishonchimiz komilki, ushbu tashabbus yosh xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan bilimli va tashabbuskor yosh xodimlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob mutolaa qiling – bilim oling, tafakkuringizni boyiting va kelajagingizni bugundan yarating!