jins

Uztransgaz

02.02.2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 30 yanvar kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi Askar Sharifjonovich Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

        Ushbu qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani, Sanaat MFY, K.Nurmuxammedov ko‘chasi, 4-proezd, 31-xonadonda istiqomat qiluvchi Aman Jalallatdinovich Baltabaev qatnashib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanida istiqomat qilishini, Qo‘ng‘irot Texnologik suv taʼminoti boshqarmasida har xil lavozimlarda ishlab kelayotganligini, hozirgi kunga 10 yillik ish stajiga egaligini, 2022 yilda “O‘ztransgaz” AJ tomonidan unga berilgan tavsiyanoma asosida Toshkent kimyo texnologiya institutiga sirtqi taʼlimga o‘qishga qabul qilinganligini, hozirda 4-kurs talabasi ekanligini, kontrakt to‘lovi yiliga 17 246 000 so‘mni tashkil qilishini, qaramog‘ida 4 nafar farzandi borligini, oilada yagona boquvchiligini, korxona Qoraqalpog‘iston suv taʼminoti korxonasiga o‘tkazilsa uni o‘qishi nima bo‘lishini, unga shu korxona bergan tavsiyanoma orqali o‘qishga kirganligini, u korxonaga o‘tsa oylik ish haqqi kamayib ketishini, ushbu oylik ish haqqi bilan kontrakt to‘lovini to‘lash imkoniyati yukligini, unga amaliy yordam berishni iltimos qilib so‘ragan.

Fuqaro Aman Jalallatdinovich Baltabaevning murojaatidagi masalasi eshitildi hamda unga mazkur masalasi yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

 

Ro'yxatga qaytish