“O‘ztransgaz” AJ: Murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda
Uztransgaz
03.07.2026
“O‘ztransgaz” AJ: Murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda
“O‘ztransgaz” AJ Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari “Xalq qabulxonalari” vakillari bilan birgalikda joriy yilning birinchi yarmida kelib tushgan murojaatlarni atroflicha tahlil qildi.
Belgilangan media-rejaga muvofiq, o‘rganish jarayonlarida “O‘zbekiston 24” radiokanalining “Xalq qabulxonalarida” loyihasi muallifi Shoiraxon Umrzoqova ham ishtirok etdi. Qo‘shma ishchi guruh jamiyatning tarkibiy tuzilmalariga joygacha chiqib, murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni atroflicha o‘rgandi.
Asosiy vazifalar va yo‘nalishlar:
• Kamchiliklarni bartaraf etish: Yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarning tub sabablarini aniqlash va chek qo‘yish.
• Huquqlarni himoya qilish: Jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish.
• Profilaktika: Kelgusida shu kabi muammolar qayta takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rish.
• Uslubiy ko‘mak: Hududiy mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
O‘tkazilgan tahlil va o‘rganishlar yakunida tizimda ish samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlarini hal etishni tezlashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarga zaruriy tavsiyalar berildi.