jins

“O‘ztransgaz” AJda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qarori asosida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilgan bo‘lib, uning monitoringi va samarali faoliyatini ta’minlash Jamiyatning Komplaens-nazorat bo‘limiga yuklatilgan.

Jamiyat tizimida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, raqobatni cheklash xavflarini kamaytirish hamda ochiq va shaffof faoliyat yuritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Shuningdek, “O‘ztransgaz” AJ va uning tarkibiy tuzilmalarida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi ehtimoli yoki holatlari yuzasidan murojaatlar qabul qilish maqsadida Jamiyat rasmiy veb-saytida “Raqobat cheklanishi to‘g‘risida xabar berish” interaktiv tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


Murojaat va xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

“O‘ztransgaz” AJda sog‘lom raqobat muhiti, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.